Teatr (yunoncha θέατρον - "tomoshagoh") cheklangan joyda bir yoki bir necha aktyorlar ifoda etadigan tomosha orqali fikr beruvchi san’at janridir. Ba’zan teatr tomoshalari oʻtkaziladigan binolarni ham teatr deb atashadi (aslida ularni teatr binosi deb atash oʻrinli).
Teatr (yun. theatron — tomoshagoh) — 1) sanʼat turi; uning oʻziga xos ifoda vositasi aktyorning omma oldidagi oʻyini jarayonida yuzaga keladigan sahnaviy voqeadir. T. sanʼatida ham boshqa sanʼatlarda boʻlganidek, xalq hayoti, tarixi, dunyoqarashi aks etib, jamiyat taraqqiyoti, maʼnaviyati, madaniyati bilan bogʻliq holda oʻzgarib, takomillashib boradi. T. asosida ogʻzaki yoki yozma dramaturgiya yotadi.
T. sintetik sanʼat boʻlib, jamiyat hayotida, tomoshabinlarning maʼnaviy va estetik tarbiyasida muhim oʻrin tutadi. Unda dramaturgiya, musiqa, tasviriy sanʼat, raqs, meʼmorlik ajralmas birlikni tashkil etadi. T.ning muhim vositalaridan biri sahna nutqidir. Aktyor qahramonning pyesadagi soʻzlarini oʻzlashtirib olar ekan, qahramon qiyofasida, holatlarda turib uning nutqiy tavsifini yaratadi, boshqa personajlar bilan muloqotga kirishadi.