“O'zbekiston madaniy merosi – yangi Uyg'onish davri poydevori” V Xalqaro Kongressida qanday tadbirlar oʻtkazilishi aniq boʻldi
“O'zbekiston madaniy merosi – yangi Uyg'onish davri poydevori” V Xalqaro Kongressida qanday tadbirlar oʻtkazilishi aniq boʻldi
Kongress yurtimizning soʻlim Toshkent-Nukus-Xiva shaharlarida boʻlib oʻtadi
Dastlabki kunlari Kongress quyidagi shoʻbalarga boʻlingan holda oʻtkaziladi:
Kongress yakunida ishtirokchilar anʼanaviy tarzda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaatnoma yoʻllashadi.
Ular Xiva shahridagi ichan-qalʼa yodgorlik majmuasida “Xiva – turk dunyosi madaniyati poytaxti” shiori ostida tantanali konsert dasturida ishtirok etishadi.
Shu bilan birga Xiva shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va YUNESKO hamkorligida “Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” mavzusidagi xalqaro forum ish boshlaydi.
Forum quyidagi shoʻbalarda ish olib boradi:
Unda oʻnlab mamlakatlardan kelgan olimlar yuzga yaqin maʼruza bilan ishtirok etadi.
Navbatdagi manzil Nukus shahri. U yerda “Arxeologiya va turizm: salohiyatni belgilash va merosni boshqarish” mavzusida xalqaro arxeologiya konferensiyasi oʻtkaziladi.
Ayni shu manzilda “Jahon madaniyati sivilizatsiyasida baxshichilik sanʼatining oʻrni” mavzusidagi ilmiy anjuman ham oʻtkaziladi.