Amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida milliy san’atning asl durdonalari saqlanayotganini bilasizmi? 

Amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida milliy san’atning asl durdonalari saqlanayotganini bilasizmi? 

 

Muzey to‘plamlari o‘zining uzoq tarixi davomida muntazam ravishda yangi, noyob buyumlar bilan boyitib kelingan.

 Shu munosabat bilan o‘tgan asrning 70-yillarida O‘zbekiston xalq rassomi, professor Chingiz Ahmarov yaratgan qator dekorativ laganlar haqida aytib o‘tmaslikning iloji yo‘q. 

Uning 7 go‘zali – sharq parilari siymosi bo‘lib, o‘zida kitob miniatyurasi an’analarini ulkan mahorat va nafislik bilan batafsil mujassam etgan asardir.