O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyining qiziqarli osori-atiqalari to‘plami
Budda rohiblar bilan
Sanghati yoping’ichidagi Budda muqaddas bodxi daraxti ostida o’ylanib o’tirgan holatida (dhyana- mudra), uning ikki yon tomonida- ikkita rohibning turgani tasvirlangan. Butun kompozitsiya yuqori qismi shiftga tutashgan ustunlar bilan mustahkamlangan nayzasimon uchli arkada jamlangan. Buddaning quloqlari solinchagi cho’zilgan. Boshining tepa qismidagi sochlari quloqchaga yig'ilgan. Qoshlar orasidagi peshonada xol - urna.
Erkak yuzi tasvirli medal’on
Erkakning yuzi dumaloq medal’on ichida tasvirlangan. Past peshona ustidagi soch tolalari to'g'ri farq bilan ajratilgan.
To’g’ri burunli. Og'zi biroz ochiqroq. Uzun mo'ylovi qalin soqoliga tutashgan.
Alebaster, qolipga quyilgan, o'ymakorlik.
Devordagia tasvir (fragment)
Gil asosli, gruntovka, yelimli bo'yoqlar. Budda, ko'ylagining ko’krak qismidagi kesik atrofida yoqasi bor. Yarim yopiq ko'zlari qizil chiziqlar bilan ko'rsatilgan. Boshida qora sochlari, ular boshining tepasida quloqchada yig'ilgan. Boshning atrofida va yelkalarigacha, oq bo'yoq bilan ishlangan va atrofi quyuq chiziq bilan chizilgan yorug’ doira mavjud. Fayoztepa. Ibodatxona.