Belarus Prezidenti kutubxonasida tashkil etilgan ko‘rgazmada O‘zbekistonning madaniy merosi namoyish etilmoqda
Belarus Prezidenti kutubxonasida tashkil etilgan ko‘rgazmada O‘zbekistonning madaniy merosi namoyish etilmoqda
O‘zbekistonning madaniy Belarus Prezidenti kutubxonasidagi ko‘rgazmada namoyish etilmoqda.
Ekspozitsiyada “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to'plamlarida” loyihasining nashrlari – kitob-albomlar, o‘zbek xalqining dekorativ-amaliy san’ati namunalari, O‘rta asr olimlari va mutafakkirlarining nodir qo‘lyozma asarlari miniatyura nusxalari taqdim etilgan.
Ko‘rgazma O‘zbekistonning Belarusdagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarining Xalq ijodiyoti va madaniy merosi yili munosabati bilan MDH Ijroiya qo‘mitasiga O‘zbekiston tomonidan “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasining 35 jildlik turkum nashrlari sovg‘a qilindi.
Ko'rgazma yil oxirigacha namoyish etiladi.