Xudoyorxonning Oʻrdasi — Oʻzbekistonda XIX asrdan saqlanib qolgan uchta saroy yodgorliklaridan biri
Xudoyorxonning Oʻrdasi — Oʻzbekistonda XIX asrdan saqlanib qolgan uchta saroy yodgorliklaridan biri
Har bir shaharda fuqarolarning faxri bo'lgan joy bor. Qo‘qonda bu, albatta, Xudoyorxonning O‘rdasi va unda joylashgan «Qo‘qon» Davlat muzey-qo‘riqxonasi.
Birinchi rasmiy muzey 1925 yilda Xudoyorxonning sobiq saroyida ochilgan.
O’rda saroyi uning eng katta boyligi va asosiy eksponatidir. Xudoyorxonning Oʻrdasi — Oʻzbekistonda XIX asrdan saqlanib qolgan uchta saroy yodgorliklaridan biri.
Xonlik davrida (1709—1876 yillar) oltita xon saroyi qurilgan. Xudoyorxon o‘rdasining ozgina qismi hozirgi kungacha saqlanib qolgan.
1929-yilgacha muzey Fargʻona tumani, 1929-1937-yillarda esa tumanlararo muzey maqomiga ega boʻlgan.
1959 yilda muzeyga Qoʻqon shahar oʻlkashunoslik muzeyi maqomi berildi.
U respublikadagi eng qadimiy muzeylardan biri bo‘lib, vodiyda Farg‘ona viloyat tarix va madaniyat muzeyidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
