Butunjahon jamiyati «Tashkent Book Fest» Toshkent xalqaro kitob-yarmarkasida "O‘zbekiston madaniy merosi" to‘plamidagi bir necha kitob-albomlar taqdimotini o‘tkazadi   

Butunjahon jamiyati «Tashkent Book Fest» Toshkent xalqaro kitob-yarmarkasida "O‘zbekiston madaniy merosi" to‘plamidagi bir necha kitob-albomlar taqdimotini o‘tkazadi   

O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati “O‘zbekiston madaniy merosi” turkumidagi kitob-albomlarini “O‘ZEKSPOMARKAZ” majmuasida 2-4 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan «Tashkent Боок Fest» III  Toshkent xalqaro kitob yarmarkasida taqdim etadi.   

Butunjahon jamiyati stendiga tashrif buyuruvchilar AQSH, Germaniya, Yaponiya, Chexiya, Fransiya, Italiya, Rossiya, Turkiya va boshqa mamlakatlarning  eng yirik muzeylari va qo‘lyozma fondlarida saqlanayotgan O‘zbekiston madaniy merosi durdonalariga oid kitob-albomlarning nashr etilgan jildlari bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, “O‘zbekiston meʼmoriy epigrafiyasi” turkumi, qadimiy qo‘lyozmalarning faksimile nashrlari va boy illyustatsiyalar bilan bezatilgan “Bekzod” sovg‘a kitoblari, “Rishton kulolchiligi” va “O‘zbekiston madaniy merosi durdonalari” nashrlari namoyish etiladi. 

Barcha kitobsevarlarni go‘zal yurtimizning betakror merosi va madaniyati bilan tanishish, shuningdek, ajoyib nashr sohibiga aylanishingiz uchun Butunahon jamiyati stendini tomosha qilishga taklif qilamiz.