1598 yilda Chyexiyada nashr etilgan Amir Temur haqidagi kitob qanday nomlangan?

Chexlarning O‘rta Osiyo tarixiga bo‘lgan shubhasiz qiziqishi letoshislik Maser Bartolomey tomonidan lotin tilidan tarjima qilinib, 1598 yili chex tilida Pragada chop etilgan «Tatar qiroli Temur tarixi»3 deb nomlangan kitob ham isbotlaydi.

Kitob gotik shriftida nashr etilgan bo‘lib, 25 bob, 112 sahifadan iborat. Mazkur boblarda Amir Temurning bolalik chog‘lari, taxtga o‘tirishi, hududlarni zabt etishi hamda turk sultoni Boyazid bilan bo‘lgan janglari aks etgan. 

Shuningdek, kitobda hukmdorning shaxsiy sifatlari, oilasi, uning qattiqqo‘lligi va ayni damda tantiligi, do‘stlarni qadrlash fazilatlari hamda qahramonliklari, xotinlaridan biri va uning farzandlari, kitob so‘ngida esa, hukmdorning vafoti to‘g‘risida hikoya qilingan.

Ushbu nashrning to‘liq bo‘lmagan nusxalari Pragadagi Milliy muzey va Straxov monastirining kutubxona fondlarida mavjud. To‘liq nusxa Milliy kutubxonada raqamlashtirilgan va https://books.google.cz saytida mavjud.

Bu haqda to‘liq ma’lumotni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidan “Chexiya respublikasi to‘plamlarida O‘zbekiston tarixiy-madaniy merosi” (XVI jild,27-bet) kitob-albomidan olishingiz mumkin.