1934 yilda rassom Pavel Benkovning qaysi suratini Tretyakov galereyasi sotib oldi?

1893 yilda P. M. Tretyakov Peterburg imperatori badiiy akademiyasining haqiqiy a’zosi bo‘lib saylangan va Moskva faxriy fuqarosi unvoniga sazovor bo‘lgan.

 

1918 yilda galereya Rossiya mulki deb e’lon qilinib, Tretyakov Davlat galereyasi nomiga ega bo‘lgan.

1920–1930 yillarda ro‘y bergan ulkan o‘zgarishlar va islohotlar Tretyakov galereyasining to‘plash faoliyatiga ham ta’sirini o‘tkazmay qolmagan, galereya fondi e’tiborini muzeyni milliy badiiy madaniyatning o‘ziga xosligini namoyish etuvchi rassomchilik, haykaltaroshlik va grafika san’ati asarlari bilan to‘ldirishga qaratgan.

1934 yilda Moskvada o‘tkazilgan O‘zbekiston rassomlarining suratlari ko‘rgazmasi noyob milliy hodisa sifatida tilga tushgan. Aynan o‘sha vaqt Tretyakov galereyasi ko‘rgazmaga qo‘yilgan Pavel Benkovning «Xivalik qiz» (1931) suratini sotib olgan.

Bu haqda batafsil ma’lumotni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “Tretyakov galereyasi Davlat to‘plami” (III jild) kitob-albomidan  olishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.