1970 va 1980 yillarning birinchi yarmida O‘zbekistondagi rassomlik qaysi badiiy-uslubiy yo‘nalishlari bilan ajralib turdi?

1970 va 1980 yillarning birinchi yarmida O‘zbekistondagi rassomlik rang-barangligi va badiiy-uslubiy yo‘nalishlarning o‘zaro ta’siri, an’analarning keng doirasiga murojaat, janr tuzilmalarining evolyusiyasi, keng tematik doira, ijodiy individuallikning rang-barangligi bilan ajralib turadi.

Dekorativ yo‘nalish S. Abdullayev, Sh. Abdurashidov, A. Mirzayev, R. Shodiyevning ijodida rivojlanadi. A. Mirzayevning «Kuzgi g‘amxo‘rliklar», «So‘qoq», «Parkent ayollari», «Qizil Oqtosh» ushbu yo‘nalish uchun xos bo‘lib, rasm xatni rang bilan taqdim etadi, unda inson va tabiat uyg‘unlashadi.

Ayni paytda o‘sib boruvchi xususiyatga ega assosiativ-metaforik badiiy tafakkur turli rassomlar ijodida o‘z ichki potensialini namoyon etadi, har bir konkret holatda ularning dunyoni qanday tasavvur qilishi, chizma plastik izlanish xarakteri toblanib boradi. J. Umarbekov, B. Jalolov, M. To‘xtayev, S. Alibekov, G. Boymatov, A. Isayevning ijodi bunga misol bo‘la oladi. Olaylik, J. Umarbekovning «Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy bolalikda», «Yangi peyzaj» yoki B. Jalolovning DSM kolleksiyasidagi «Avtoportret» asarlari san’atda yangi shabbodalar esa boshlaganidan, badiiy an’analar yanada kengroq tushunilayotganidan, o‘z madaniyatining milliy manbalariga murojaat qilinayotganidan dalolat beradi.

Bu haqda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi to‘plami” (XIII jild) kitob-albomidan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.

1970 va 1980 yillarning birinchi yarmida O‘zbekistondagi rassomlik qaysi badiiy-uslubiy yo‘nalishlari bilan ajralib turdi?
1970 va 1980 yillarning birinchi yarmida O‘zbekistondagi rassomlik qaysi badiiy-uslubiy yo‘nalishlari bilan ajralib turdi?