Avlodlar almashinuvi, chuqur ruhiy izlanishlar, o‘tgan bosqichdagi ijodiy yutuqlarni anglash 1980 yillarning ikkinchi yarmi va 1990 yillarning boshida san’atga kirib kelgan yoki san’atda o‘z uslubini topgan o‘zbek rassomlarining avlodi uchun ham xususiyatlidir.
L. Ibragimov, A. Nur, G. Qodirov, N. Imomov, M. Isanov, F. Ahmadaliyevning ijodida nafaqat muayyan uslubiy an’analarga murojaat, balki qadrdon o‘lka, xalq, madaniyat, psixologiya, mentalitet bilan ma’nan va ruhan bog‘lanish mavjudligini kuzatish mumkin.
DSM jamlanmasidagi grafika kolleksiyasi ham beqiyos qiziqish uyg‘otadi. Undan V. Yeremyan, S. Malta, V. Kaydalov, K. Basharov, M. Kagarov, V. Apuxtin, T. Muhamedov, M. Sodiqov kabi taniqli tasvirchilarning ishlari o‘rin olgan. Har bir rassom,uning ijodi – bu o‘z davrining aniq tarixiy bosqichi oynasi.
Bu haqda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi to‘plami” (XIII jild) kitob-albomidan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.