2023-yil "Samarqand" Butunjahon turizm poytaxtiga aylanadi.

Butunjahon turizm tashkiloti va unga aʼzo davlatlar bilan hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish,
xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarini yana-da kengaytirish, madaniy va turizm salohiyatini targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston delegatsiyasi Ispaniya qirolligiga tashrif buyurishgan edi.

Birlashgan millatlar tashkilotining Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasi 2023-yilda Samarqand shahrida oʼtkaziladi.
 

Tashkilot 2023-yilda Samarqand shahrida o‘tkazilishini Bosh vazir o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov ayni damda
Ispaniyaning Madrid shahrida o‘tayotgan UNWTOning 24-sessiyasi doirasidagi ovoz berish jarayoni natijalariga ko‘ra malum qilgan.

 

Hozirda Samarqandning turistik salohiyatini yana-da yuksaltirish hamda uni dunyo sayyohlik markazlaridan biriga aylantirish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, yangi zamonaviy aeroport hamda turizm obyektlari bunyod etilmoqda.

 

Ulardan “Samarkand Touristic Centre” bo‘lib, u eshkak eshish kanali qirg‘og‘ida 212 gektar maydonda qad ko‘tarmoqda.
Bu yerda qurilayotgan “New Renaissance”  kongress-xolli, mehmonxonalar, restoranlar, dam olish maskanlari, savdo markazlari, amfiteatr,
“Mangu shahar” kabi inshootlari hududning sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lida xizmat qilishi shubhasiz.
Yangi obyektni 2022-yilning birinchi choragida ishga tushirish rejalashtirilgan. 

 

Maʼlumot o‘rnida: Mazkur tashkilot assamblyasi 2  yilda bir marta o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tishi hamda
Turkmanistonda Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqotining forumi bo‘lishi haqida xabar bergan edi.