Zargarlik — badiiy hunarmandlik sohasi; oltin, kumush, mis, qalay kabi rangli metallardan zebziynat buyumlari taqinchoqlar, bezak buyumlari yasash kasbidir.
Zargarlar bezak buyumlari tayyorlashda quyish, bolgʻalab zarb berib yasash, hallash oltin va kumush suvi yuritish, oʻyib yoki boʻrttirib naqsh yasash, bosma, zigʻirak, sovotkori, qolipaki, shabaka kabi usullardan keng foydalanadi.
Arxeologik topilmalar qadimdan mavjudligini koʻrsatadi, qadimgi Misr, Yunoniston, Eron va Xitoy zargarlik buyumlarini tayyorlashda marjon, nefrit, kahrabolardan keng foydalangan.
Ayniqsa Yevropada romanva gotika davrida 12 va 15-asrlarda yuksak pogʻonaga koʻtarilgan va zargarlikning yangi usul va uslublari vujudga kelgan.
Yurtimizdagi koʻpgina muzeylarda saqlanayotgan topilmalar respublika hududida Yunon Baqtriya podsholigi, millodan avvalgi 2 va 3-asrda, Qadimgi Xorazmda asosan, millodan avvalgi 1 ming yillik oʻrtalaridan millodan 8-asr gacha rivoj topganini koʻrsatadi.
Zargarlik Buxoro. Samarqand, Toshkent, Xiva, Qoqon, Shahrisabz shaharlarida rivojlangan. 19-asr oxiri 20-asr boshida oʻziga xos ishlanishi, shakli, bezaklari, xususiyati bilan bir-biridan farq qilgan xilma-xil buyumlari keng tarqalgan, ziynat buyumlari toʻplamlari vujudga kelgan.
“Zar qadrini zargar biladi„ — Bu naql tilga olinganda, qalb ilhomi, katta sabr bilan yaratilgan nafis va go'zal zargarlik mahsulotlari ko'z o'ngimizda namoyon bo'ladi.
Ular zargarning nainki boy iste'dodi farazi, balki nodir metallar ilmini, kimyoviy xossalarini va ularning milligrammlaridan qanday miqdorda foydalana bilish san'atini yaxshi o'zlashtirganligi tufayli dunyoga keladi.
Masalan, kumush yaxshi silliqlanadi, ishlov berish uchun yumshoq, cho'ziluvchan bo'lib, undan yasalgan zargarlik va san'at buyumlari yuqori darajada nur qaytarish xususiyatiga ega.
Mis va kumush buyumlari ustiga yupqa oltin qoplama berilsa, ular yanada chiroy ochishi barobarida uzoq yillar davomida o'z husnini yo'qotmaydi.
Zargarlik san’ati uzbek milliy – badiiy madaniyat tarixining ajralmas kismi bulib, u xalkning olis utmishidagi oliy maksadlarini urganishda yordam beradi. Zargar ustalar tomonidan yasalgan buyumlar, ular yashagan davr san’atining uslubiy xususiyatlarini uzlarida namoyon etadilar.
O'zbek xalqi Amaliy san’atining xar bir turi kabi, zargarlik san’ati xam o'ziga xos xususiyatlariga ega. Chunki ular inson uchun faqat bezak buyumlari bo'lib qolmay, balki sog'lik uchun, inson ruxiyati uchun ijobiy ta’sir etgan.
Zeb – ziynat buyumlari, xayotdagi ijtimoiy – iqtisodiy o'rni ham, kam ahamiyat kasb etmagan. Insonning jamiyatdagi mavqeini ham ko'pincha uning qancha qimmatbaho zeb – ziynatlari borligiga qarab belgilaganlar.
Taqinchoqlar kishilar yoshidagi farqni va oilaviy axvolni belgilashda xizmat qilib, ularning nasl – nasabidan ishors berib turuvchi xususiyatga ega bo'lgan.
Nafosat borasidagi fazilatlar to'g'risda so'zlaydigan bo'lsak, u zargarlarning yurak qo'ri bilan yaratilgan mukammal asar bo'lib, u yoki bu davrda yashagan xalqlarning badiy nafosat haqidagi tushunchalarni belgilab bergan.
Demak, mazkur san’at orqali, biz odamlarning ham moddiy olami, ham nafosat olami, ham ilohiy qudrat haqidagi tasavvurlarining bir – biri bilan uzviy ravishda chirmashib ketganini ko'ramiz…