5 ming $ lik surat sotilmoqda!

Oʼzbek blogeri Аqida Xanum oʼz bisotidagi eng qadrli suratni sotib, rus bosqinchilari qamalida qolayotgan Mariupoldagi goʼdak va bolalar uchun bermoqchi.

Oʼzbek goʼzali aks etgan bu asarni taniqli rassom Erkin Orol bir necha yil davomida moyboʼyoqlar bilan mato uzra yaratdi.

Rasmda Аqida Xanumning qiyofasini koʼramiz. Kimda kim bu suratni sotib olmoqchi boʼlsa, boshlangʼich narxi besh ming dollar.

Bir oy mobaynida kim koʼp narx taklif qilsa, shu kishi bu noyob asar egasiga aylanadi va ayni paytda ukrainalik bolalarga koʼmak bergan hisoblanadi.

Rasmdan tushgan pul Ukrainaning Oʼzbekistondagi elchisi vositachiligida Mariupuldagi bolalar uchun nima zarur boʼlsa, shunga sarflanadi.

Qamalda och yalangʼoch va yetim qolgan bolalar dardi oʼzbek ayolining oromini oʼgʼirladi.

Yigirmanchi asrda margʼilonlik Tamara xonum nemis fashistlarini qirish uchun oʼz konsertlaridan tushgan pulga tank sotib olgan edi.

Yigirma birinchi asrda esa toshkentlik Аqida Xanum Rossiya qamalida qolgan goʼdaklarga yordam qoʼlini choʼzmoqda. Ofarin.