Hurmatli mehmonlar va poytaxtimiz aholisi!
Eslatib oʻtamiz, barcha davlat muzeylarida har oyning birinchi yakshanbasi
“Ochiq eshiklar kuni” deb eʼlon qilingan.
Sizni 6-fevral kuni O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi kutib qoladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-mayidagi "Madaniyat va sanʼat sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va
taʼsirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-6000-sonli Farmonining 14-bandiga muvofiq
“Muzeylarda har oyning birinchi yakshanbasi “ochiq eshiklar kuni” deb eʼlon qilingan.