Ichan-qal’a Davlat muzey-qo‘riqxonasining qo‘lyozma kitoblar va hujjatlar kolleksiyasida 6000 dan ortiq artefaktlar borligini bilasizmi?!
Ichan-qal’a Davlat muzey-qo‘riqxonasining qo‘lyozma kitoblar va hujjatlar kolleksiyasida 6000 dan ortiq artefaktlar borligini bilasizmi?!
Hujjatlar to'plami ikki guruhga bo'linadi: 1920 yilgacha va undan keyingi davrga tegishli hujjatlar . Birinchi guruh hujjatlariga asosan quyidagilar kiradi:
- xonlarning lavozimga tayinlash, imtiyozlar berish, davlat yerlarini sotish va hokazolar haqidagi yorliqlari;
- vaqf yorliqlari - diniy muassasalar foydasiga beriladigan mulk va yer haqidagi hujjatlar;
– huquqiy hujjatlar – qozilar beradigan hujjatlar; sotish, garov xati, ijara hujjatlari va boshqalar.
1920 yildan keyingi hujjatlar:
- Xorazm Xalq Sovet Respublikasining turli hujjatlari,
- Xorazmning mashhur shaxslari arxivi.
Nodir kitoblar kolleksiyasi ham ikki guruhdan iborat: qo‘lyozma va toshbosma kitoblar.
Qo‘lyozma kitoblar soni ozligi tufayli nihoyatda qimmatli bo‘lsa-da, toshbosma asarlar ham, o‘ziga xos nodirligi bilan ahamiyatlidir.
Shuni ta’kidlash joizki, Xiva xonligi Oʻrta Osiyoda birinchi boʻlib, 1874 yilda toshbosma uslubida kitob chop etish usulini joriy qilgan.