A. Nishonov pichoqlaridagi o‘ziga hos dastalar

Pichoqlar va qinlar alohida kolleksiyaga biriktirilgan. O‘zbek pichoqlari juda ham o‘ziga xos bo‘lib, ularda tashqi ko‘rinish badiiy xususiyatlari hamda funksionallik uyg‘unlashib ketgan.

Pichoqlarni ishlab chiqarish uchun har doim yuqori sifatli po‘latdan foydalaniladi. Pichoq tig‘ining toblanishi va jilo berilishiga alohida ahamiyat beriladi. Qoidaga ko‘ra, uning tig‘i to‘g‘ri, baʼzan esa xuddi tolning bargidek egilgan bo‘ladi, uzunligi esa maqsadiga qarab o‘n santimetrdan yigirma santimetrgacha bo‘ladi.

Toshkentlik usta A. Nishonov tomonidan tig‘ining ustiga islimiy uslubidagi naqshlar o‘yib tushirilgan pichoqlar ham juda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Ayniqsa, uning pichoqlaridagi dastalar o‘ziga xosdir. Ulardan bittasining uch tomonida tog‘ echkisining boshi aks ettirilgan. Yana bir pichoq esa g‘ilofiga solingan holatida qizil-kiymishek nomli qadimiy to‘y libosi va baland bosh kiyimi saukele kiygan qoraqalpoq qizining qiyofasini yodga soladi. Bezaklar marjonli munchoqlar bilan boyitilgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” kitob-albomida (XXXIX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.