Abdulla Qahhor uy-muzeyi

Uy-muzey 4 ta zaldan tashkil topgan.

Ularning har birida yozuvchining hayot va ijod yo‘li aks etgan.

Abdulla Qahhor 1907 yil 17 sentabrda Farg‘ona vodiysida tavallud topgan.

Uning oilasi tez-tez joydan joyga ko‘chib yurishardi.

U yozuvchilik faoliyatini yigirmanchi yillar boshlarida Qo‘qon pedagogika bilim yurtida o‘qib yurgan paytlarida boshlagan.

Uning ilk asari "Mushtum" satirik jurnalida chop etilgan.

U "Yangi Farg‘ona" gazetasida talabalikdan ma’sul kotiblikkacha ko‘tarildi.

Gazetaning "Chig‘iriq" hajviy bo‘limida uch oy ichida uning yigirmadan ortiq feletonlari chop etigan.