Buxorodagi Qoʻshmadrasa ansamblining shimoliy qismida joylashgan me’moriy yodgorlik.
Oʻzbek hukmdori Abdullaxon II davri me’morligi yetuk namunasi boʻlgan
bu Madrasa Buxoro me’morchiligining 16-asrda erishgan barcha ijodiy yutuqlarini namoyish etadi.
Madrasaning me’mori noma’lum boʻlib, Abdullaxon II qurdirgan (1588 – 90).
Meʻmorchiligi — Tuzilishi odatdagi madrasalardan ancha farq qiladi. Hovli atrofini ikki oshyonli hujralar oʻrab turadi.
Har ikki tomonida baland peshtoq joylashgan. Peshtoqlar orqali ichkari xonalar va xonaqohga oʻtiladi.
Madrasaning katta peshtoqi janubga qaragan. Peshtoq qanotlari va guldastalar sirkor bezaklar bilan pardozlangan.
Darvozadan oʻtib, ikki yoqdagi katta xonalar – darsxona va masjidga kiriladi.
Darvoza xotamkori uslubining noyob namunasi – girih shaklli mayda yogʻoch parchalaridan terilgan.
Oʻpirilish
Abdullaxon madrasasining qulagan orqa devori. 2021-yil 29-iyul
2021-yil 29-dan 30-iyulga oʻtar kechasi Abdullaxon madrasasining orqa tomon devori bir qismi oʻpirilib tushdi.
Madaniy meros agentligi mutasaddilari kelib holatni oʻrganishgan, ularning taxminiy hisoblariga koʻra binoni
toʻliq taʼmirlash uchun 6 mlrd soʻm mablagʻ talab etiladi. Holat boʻyicha Buxoro viloyat prokuraturasi oʻrganish ishlari olib borib,
Jinoyat kodeksining 207-moddasi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan[