Abu Ali ibn Sinoni jahonga mashhur tabib qilgan asar

Qomusiy bilim sohibi, dunyo sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan siymo, jahon tibbiyot ilmining daholaridan biri Abu Ali ibn Sino bir-biriga o‘xshash kasalliklarni farqlay olgan.

Masalan, u teri berchligi kasalligining moxovdan farqini ko‘rsatib, bunga aniqlik kiritgan. Plevrit bilan zotiljam (o‘pka yallig‘lanishi)ning alomatlarini bir-biridan farqlab berib, meningit xastaligini mufassal bayon etgan. Hozirgi paytda ham ko‘p uchrab turadigan meʼda yarasiga aniqlik kiritgan.

“Tib qonunlari” asari Abu Ali ibn Sinoga misli ko‘rilmagan shuhrat keltirdi, jahonga mashhur tabib sifatida tanitdi. U taʼriflagan 396 o‘simliklardan 165 tasi hozirgi zamon tibbiyot amaliyotida qo‘llaniladi.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasining "O‘zbekiston madaniy merosi" turkumi ostida chop etilayotgan “Abu Ali ibn Sino asarlari qo‘lyozmalari Turkiya kutubxonalarida” kitob-albomida tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.