Institut kolleksiyasidagi yana bir guruh suratlar hind miniatyuralaridan iborat.
Nizomiy (inv. № 3481) qo‘lyozmasida – jiddiy shikastlangan, Hindistonning XVI asr oxiri – XVII asr boshidagi boburiylar maktabiga tegishli miniatyura bor. U an’anaviy uslubda ishlangan bo‘lib, ayvon ostida shohona juftlikning o‘tirishi tasvirlangan. U ikkita manbani birlashtiradi: birinchisi – hindlarga xos (personajlar tuzilishiyu kiyim-kechaklari va orqadagi olis tog‘ manzarasi), ikkinchisi – O‘rta Osiyoga xos (old tomondagi tarkib va xizmatchining tashqi ko‘rinishiga ko‘ra). Dehlining saroy ustaxonalaridagi ishlarida Markaziy Osiyo hunarmandlarining ishtirok etgani yuqorida aytib o‘tilgan edi. Aynan shu hamkorlik ushbu miniatyurada aks ettirilgan badiiy uslubning rivojlanishiga olib keldi.
Alohida varaqlarda XV – XVII asrlarga oid bir qator hind miniatyuralari mavjud. Aksariyat hollarda motivlar an’anaviydir, bu – pavilon va uzoq manzaradagi sahnalar, tik turgan Shohjahonning portreti, hind dostonlari va she’riyatining rasmlari.
Ushbu miniatyuralardan eng ta’sirlisi, bu – butun vujudi, tishlari ko‘ringan, shafqatsiz tukli yuzlar tasviri bilan qoplangan, tez harakatlanayotgan filning surati; shoxli ikki dev hayvonning ustida o‘tiribdi, uchinchisi – yetakchi oldida yugurib ketayapti. Ot yoki filning tanasini odam yuzlari bilan bezash XVII asrning Hind va Eron miniatyuralarida ham uchrab turgan.
Qadimiy qo‘lyozmalar haqida “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi (XXV jild), “O‘zbekiston respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti to‘plami” (beshinchi qism, “Miniatyura va xattotlik”)da batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.