«Abushqa lug‘ati» nima maqsadda yaratildi?

Taxminlarga ko‘ra, bu leksikografik asar Mir Alisher Navoiyning (vafoti 1501) Usmonli turklar davlatidagi chinakam muxlisi Hafiz Achemo‘g‘li Niyoziy tomonidan Usmonli turk kitobxonlari uchun Navoiy asarlarini o‘qish va tushunishni osonlashtirish maqsadida 1544 yilda tuzilgan.

 

Navoiy she’riyati Usmonlilar saltanatining mumtoz adabiy paradigmasini qaror toptirishda muhim rol o‘ynagan. Uning «Devoni» XVI asr boshlarida Sulton saroyi kutubxonasida bir necha nusxada saqlangan, g‘azallari esa saroy doiralaridan tashqarida ham juda mashhur bo‘lgan. Ko‘pgina Usmonli turk shoirlari Navoiyning g‘azallariga usmonli turk tilida muxammaslar ham yozganlar6, ammo usmonli turklar va chig‘atoy tili o‘rtasidagi tafovutlar tufayli usmonli turklarning kitobxonlari Navoiy matnlarini to‘liq tushunishga qiynalishgan. Niyoziyning lug‘ati ushbu vaziyatni to‘g‘rilash uchun tuzib chiqilgan.

Bu leksikografik asar odatda ilmiy adabiyotlarda «Abushqa lug‘ati» nomi bilan yuritiladi, chunki ushbu lug‘at «abušqa» ya’ni «er» degan so‘z bilan boshlanadi. Lug‘at XIX asrda bir necha marta nashr etilgan bo‘lsa-da, Vamberi ushbu mavzu bo‘yicha kitobcha chop ettirgan birinchi olim bo‘ldi. Uning chop ettirgan bukleti so‘zlarning qat’iy ma’nosidagi nashr emas, chunki unda lug‘atning to‘liq matni berilmagan, faqat venger tilidagi bosh so‘zlar va ularning ma’nolari ko‘rsatilgan.

Vamberida ushbu ajoyib lug‘atning o‘ziga xos nusxasi ham bo‘lgan (Ms. Török O. 386.). Usmonli turkcha Rashid afandi nomi yozilgan va hijriy 1274 [1857] yil sanasi qayd etilgan kitob ekslibrisi, shuningdek, kitobning 1a sahifasidagi arab harflari bilan bitilgan uning imzosi, ushbu nusxani u Istanbulga kelgan paytida sotib olgan, deb taxmin qilishga imkon beradi.

Bu haqda batafsil ma’lumotni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston madaniy merosi Vengriya Fanlar akademiyasi to‘plamida” (42-jild) kitob-albomidan  olishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.