Bugun barcha sohalar qatori ilm-fan, taʼlim va madaniyatga, xususan, madaniy merosimizni oʻrganish va targʻib qilishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Ana shu maqsadda 2017-yilda Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazini barpo etishga kirishildi. Ayni paytda poytaxtimizning tarixiy mavzesida markazning muhtasham binosi qad rostlamoqda.
Ushbu markaz Oʻzbekiston zaminidagi qadimiy sivilizatsiyalar, ajdodlarimizning boy va betakror merosi, jahon tamadduniga qoʻshgan munosib hissasini koʻrsatadigan yirik platformaga aylanishi kutilmoqda. Bu yerda tariximiz va madaniyatimizga bogʻliq ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. Mamlakatimiz rahbari taʼkidlaganidek, markazimiz eshiklari biz bilan hamkorlikda ishlashni istagan xorijlik olimlar va tadqiqotchilar uchun hamisha ochiq boʻladi.
Ayni paytda Oʻzbekiston madaniy me rosini oʻrganish, buyuk ajdodlarimiz yara tib qoldirgan ilmiy va ijodiy asarlarni tadqiq etish, ularning jahon tamadduniga qoʻshgan hissasini aniqlash maqsadida markazimiz tomonidan qator tadqiqotlar qilinmoqda, mahalliy va xorijlik olimlar ishtirokida ilmiy anjumanlar oʻtkazilyapti. Shu bilan birga, markaz olimlari xorijda oʻtayotgan turli konferensiyalarga ham tez-tez taklif etilayotir.
Joriy yilning 18-20-noyabr kunlari Turkiya Fanlar akademiyasi va bir qancha oliy oʻquv yurtlari tashabbusi bilan Istanbulda buyuk arbob va olim Ali Qushchi vafotining 550 yilligiga bagʻishlangan xalqaro simpozium oʻtkazildi. Turkiya fanlar akademiyasi prezidenti Muzaffar Shekerning taklifiga binoan bir guruh oʻzbekistonlik olimlar safida mazkur konferensiyada ishtirok etdik.
Firdavs Abduxoliqov