Maʼlumki, buyuk o‘zbek shoiri, davlat arbobi, fan va sanʼat homiysi Аlisher Navoiy o‘zidan ulkan adabiy meros qoldirgan.
Uning nazmiy asarlari to‘plami (devonlari) va besh dostondan iborat «Xamsa» («Beshlik») majmuasi ancha mashhur. Doston-masnaviylar Nizomiy va Xusrav Dehlaviy dostonlariga o‘xshash syujetli, ular tomonidan yaratilgan asarlarga o‘xshatma-nazira ko‘rinishda yozilgan. Navoiy va boshqa shoirlarning asarlari ko‘pincha alohida kitob qilib ko‘chirilgan, biroq baʼzida turli asarlardan to‘plam-kulliyotlar ham tuzilgan.
Ushbu qo‘lyozma, shubhasiz, to‘liq emas. U anʼanaviy tarzda «Chixil hadis» («Qirq hadis» va «Nazm ul-javohir» («Javohirlar tizmasi»dan boshlanadi, undan keyin «Xamsa»ning to‘rtta dostoni keladi: «Hayrat ul-abror» («Yaxshi kishilar hayrati»), «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» va «Sabʼai sayyor» («Etti sayyora»). Beshinchi doston mavjud emas.
«Kulliyot» taxminan XV asr oxiri—XVI asr boshlarida Hirotda qayta ko‘chirilgan, keyin Movarounnahrga olib kelingan va Shohruhiya o‘lkasi hukmdori Keldimuhammadxon saroyiga kelib qolgan. Suratlar 1520 yilda chizilgan, har holda birinchi miniatyurada sana bor: 928 /1521—1522 yil. Birinchi dostonda — oltita, ikkinchisida — yettita, uchinchisida — to‘rtta, to‘rtinchisida — sakkizta miniatyura o‘rin olgan.
Mavzu doirasida batafsil «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» turkumidagi «XV–XVII ASRLAR MOVAROUNNAHR KITOBAT SAN'ATI» kitob-albomida (XVII jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.