Аlisher Navoiyning hayoti davomida yaratilgan va Tojikiston Milliy kutubxonasi toʼplamida saqlanayotgan qoʼlyozmalarga bagʼishlangan kitob-albom yaratish boʼyicha kelishuvga erishildi.
Bugun Dushanbeda Oʼzbekiston madaniy merosini oʼrganish, saqlash va ommalashtirish boʼyicha Butunjahon jamiyati raisi Firdavs Аbduxoliqovning Tojikiston Respublikasi Prezidenti ijroiya apparati “Tojikiston Milliy kutubxonasi” davlat muassasasi direktori, professor, pedagogika fanlari doktori Fayzalizoda Jumaxon Xol bilan uchrashuvi boʼlib oʼtdi.
Uchrashuv davomida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi, shuningdek, Tojikiston Milliy kutubxonasi toʼplamida saqlanayotgan Аlisher Navoiyning hayoti davomida yaratilgan qoʼlyozmalarga bagʼishlangan “Oʼzbekiston madaniy merosi Tojikiston toʼplamlarida” albomini yaratish boʼyicha kelishuvlarga erishildi.
"Tojikiston va Oʼzbekiston olimlari tomonidan Tojikiston muzeylari va kutubxonalarida saqlanayotgan va mintaqamiz xalqlarining umumiy merosi hisoblangan Oʼzbekiston toʼplamlari haqida hikoya qiluvchi maxsus jild yaratish boʼyicha kelishuvlarga erishildi. Olimlarimiz nashr etilishi rejalashtirilayotgan jildlarda madaniyatimizni abadiylashtirish uchun qoʼlidan kelgan barcha ishlarni qiladilar”, — deya izoh berdi Fayzalizoda Jumaxon Xol.
Oʼtgan yili “Oʼzbekiston madaniy merosi jahon toʼplamlarida" loyihasi doirasida kutubxonaga 10 jild topshirilgan boʼlsa, bu safar Butunjahon jamiyati aʼzolari Dushanbega kitob-albomning 10 jildini olib kelishgan.