I.V. Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat sanʼat muzeyining arxeologiya kolleksiyasida Ilk antik davr O‘rta Osiyoning qadimgi dehqonchilik madaniyati va unga oid sopol haykalchalar va angob bilan naqshlangan idishlar bilan birga taqdim etilgan.
Davlat sanʼat muzeyining bu bo‘limi ashyolari orasida saklar daxmalaridan topilgan o‘qlarning bronza uchi, zeb-ziynatlar, jumladan marjonlar, bilaguzuklar, bronzadan ishlangan to‘g‘nog‘ich va boshqa buyumlar bor. Bu taqinchoqlarda Old Osiyodan tarqalgan unsurlar sak sanʼatining ajoyib namunalari bilan uyg‘unlashib ketgan.
Muzey haqli ravishda zargarlik buyumlari kolleksiyasi bilan faxrlana oladi, chunki ular orasida mutlaqo nodir, I–IV asrlarga mansub zeb-ziynatlar bor. To‘q olcharang qimmatbaho tosh – almandin bilan bezalgan oltin uzuklar o‘zining go‘zalligi va nozik ishlanishi bilan ajralib turadi. Toshlar yirik xolli, nafis bezakli gardishga o‘rnatilgan.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat sanʼati muzeyi to‘plami” kitob-albomida (IX jild) tanishishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.