Amir Temur barpo etgan ulkan davlatning ikkinchi poytaxti

Hozirgi O‘zbekiston hududining butun janubiy qismi singari Qashqadaryo hududi ham turli urug‘-qabila uyushmalari ko‘chib kelib o‘rnashgan markaz, Qashqadaryo vohasi o‘zbeklari negizini tashkil etgan ko‘pgina etnik guruhlar shakllangan joy bo‘lgan.

Ularning madaniy anʼanalari moddiy va maʼnaviy yodgorliklarning ulkan miqdorida mujassamlashgan. XIV asrning 60-yillarida Qashqadaryo viloyatini boshqarish Amir Temur qo‘liga o‘tadi (1370–1405 yillarda davlatni   boshqargan). 1364 yilda uning buyrug‘iga ko‘ra, Qarshida qalʼa barpo etildi. Kesh –  Shahrisabzning ravnaq topishi ham uni o‘zi barpo qilgan ulkan davlatning  ikkinchi poytaxti deb bilgan buyuk davlat arbobi va lashkarboshi Amir Temurning nomi bilan bog‘liqdir. Amir Temur va temuriylar davrining eng yirik inshootlaridan   dastlabkilari Shahrisabzda bunyod etilgan edi.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasining “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” nashri ostida chop etilgan Qashqadaryo viloyatiga bag‘ishlangan kitob-albomida (11-12-sahifa) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.