Amir Temur harbiy yurishlarda qanday cholg‘u asboblari hamrohlik qilgan?

Amir Temur davrida musiqani qo‘llash muhiti siyosiy (davlat idoralari va ularning vazifalariga aloqador), diniy-ma’rifiy va xususiy qismlarga bo‘lingan.

 

Amir Temur harbiy yurishlar paytida harbiy musiqa asboblari va jangovar kuy-qo‘shiqlardan o‘rinli foydalangan. U musiqa asboblarining harbiy vazifalariga o‘zgartirishlar kiritgan, ularni qo‘llashni tartibga solgan va tizimlashtirgan. Bu islohotlarni u o‘zining «Temur tuzuklari»da ham eslatib o‘tgan. Ushbu bob «Nog‘ora va tug‘ tarqatish tuzugi» deb nomlangan. Amir Temurning bu bitiklari asosida harbiy qo‘mondonlarni tizimli rag‘batlantirish g‘oyasi yotgan. 

Manbalarga ko‘ra, real harbiy amaliyotda bir-biriga yaqin «qarindosh» bo‘lgan ikki zarbli asbobdan keng foydalanilgan. Ulardan biri eski sharqona nog‘ora – ko‘s bo‘lsa, ikkinchisi uning o‘xshashi, turk-mo‘g‘ul harb ishida ishlatiladigan kurke, kureke bo‘lgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi "O‘zbekiston musiqiy merosi Rossiya Federatsiyasi to‘plamlarida" kitob-albomida (VI jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.