Amir Temur haykallari qayerda joylashgan va ularning soni nechta?

Amir Temurning muhtasham haykallari mamlakatimizning Toshkent, Shahrisabz va Samarqand  shaharlarida joylashgan...

 Toshkent — 1994-yil 31-avgust mustaqillik arafasida taniqli haykaltarosh Ilhom Jabborov bronzadan quyma yasagan Amir Temur haykali shahar aholisiga taqdim etilgan.

 Samarqand va Shahrisabz — 1996-yil 18-oktyabrda har ikki shaharda Amir Temur haykali tantanali ravishda ochilgan.

Mahobatli haykal yaratishning mashaq­­qatli tomonlari ko‘p. Birinchi­dan, bizda bunday milliy maktab yo‘q. Qadimgi yodgor­lik­larimiz o‘tmishda bu soha yurtimizda juda taraqqiy etgani­dan so‘zlaydi. Musulmon san’a­tida inson tasviriga ruxsat berilmagani haykal­taroshlikka ham ta’sir qilgan.