O‘rta asrlar tarixchisi Sharofiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» («Gʻalabalar kitobi») asari temuriylar tarixiga bag‘ishlangan.
U fransuz tilida nashr etilgan va «Histoire de Timur-Bec» («Timurbek tarixi») deb nomlangan. Tarjimon – Peti de lya Kur. Kitob 1723 yilda Parijda to‘rt jildli formatda nashr etilgan.
Fransuz tiliga tarjima qilinib nashr etilgan yana bir kitob – buyuk hukmdor Amir Temurning «Institutes political and military...» («Siyosiy va harbiy tuzuklar...») asari hisoblanadi. Kitob mayor Devi va arabshunos professor Uayt tomonidan fors va ingliz tillarida nashr ettirilgan va uning hajmi 408 betni tashkil qiladi. Nashrning original nusxasi dastlab turkiy tilda yozilgan mashhur «Temur tuzuklari» asari hisoblanadi. 1610 yilda Yaman podshosining tarjimoni Abutalib Al-Husayn ushbu kitobning avval qirol Jafar kutubxonasida saqlanganligi va 1610 – 1612 yillarda u «Tuzuklar»ni fors tiliga tarjima qilganligi haqida yozgan. Keyinchalik «Tuzuklar» ingliz tiliga ham tarjima qilindi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi haqidagi boshqa ma’lumotlarni «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» turkumidagi «Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasining qo‘lyozma va kitob merosi» ( XLI jild) kitob-albomidan olishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.