Amir Temurni ulug'lagan muallif

Lirik poeziyaga qaraganda, epik uslubda ijod qilishga ko‘proq iqtidorli bo‘lgan Hotifiy (1455–1520) Amir Temur ulug‘langan epik doston «Temurnoma»ning muallifi hisoblanadi.

 

U o‘z hayotining eng ko‘p davrini Hirot yaqinidagi Jom qishlog‘ida o‘tkazdi va vazir Mir Alisher Navoiy hamda tog‘asi Jomiy himoyasida bo‘lib keldi. Uning «Xamsa»si Nizomiyning she’riyatiga taqlid qilib yozilgan bo‘lib, u «Xusrav va Shirin» dostonining yangi talqinini ham o‘z ichiga oladi. 

1490 yili yozgan «Xusrav va Shirin» dostoni, chamasi, tezda muvaffaqiyat qozonadi. 1498–1499 yillarda Istanbulda asardan usmoniylar sultoni, fors she’riyatining ashaddiy ixlosmandi Boyazid II uchun tasvirlar bilan bezatilgan nusxa ko‘chiriladi. Qo‘lyozma kolofonga ega emas, matnning boshlanishi yo‘qolgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi «Movarounnahr bеzakli qo‘lyozmalari Fransiya to‘plamlarida» kitob-albomida (XXIX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.