Amir Temurning otasi qayerda dafn etilgan?

Shahrisabzning «diniy-mafkuraviy markazi» hisoblangan “Dor ut-tilovat” majmuasidagi Gumbazi Sayyidon va Shamsiddin Kulor maqbaralari qabr usti inshootlari avliyo, uning muxlislari, shuningdek, Termiz sayyidlari qabrlaridan tarkib topgan.

Ammo bu qabrlar yo‘qolib ketgan, faqatgina fotosuratlari saqlanib qolgani haqida maʼlumotlar bor. Ushbu maqbaralar bilan bog‘liq yana bir eʼtiborni tortadigan taxmin “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasining “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” nashri ostida chop etilgan Qashqadarë viloyatiga bag‘ishlangan kitob-albomida ham keltirilgan. Taxmin qilinishicha, Shayx Shamsiddin Kulol (boshqa manbalarda Kulor) al-Foxuriy mozoridan uncha uzoq bo‘lmagan yerda uning muxlisi va muridi Amir Tarag‘ay – Amir Temurning otasi qabri joylashgani ham ehtimoldan yiroq emas. Manbalarning guvohlik berishicha, Shamsiddin Kulol mozori Kesh jome masjididan, yaʼni Ko‘kgumbazdan uncha uzoq bo‘lmagan yerda joylashgan edi.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasining “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” nashri ostida chop etilgan Qashqadaryo viloyatiga bag‘ishlangan kitob-albomida tanishishingiz mumkin.