XIX asr oxirida Buxoro zardo‘zlik bilan shug‘ullanadigan yagona markaz edi.
Ustaxonalar amir qarorgohi qoshida joylashgan bo‘lib, ularning mahsulotlari asosan amirning oila a’zolari va saroy a’yonlari uchun atalgan edi. Murakkab usulda tayyorlanadigan to‘nni tikish uchun 12 mutaxassis uch oy davomida ishlardi. Har bir shunday to‘n nafaqat moddiy, balki katta badiiy qiymatga ham ega edi. Lekin kundalik hayot davomida amirlar qimmatbaho to‘nlarni kamdan-kam holatda kiyishardi. Ular odatda musulmonlar uchun belgilangan kamtarlik chegaralarini bosib o‘tishmasdi.
Hatto o‘zga mamlakatlar elchilarini qabul qilayotgan chog‘da ham ular anchayin sipo kiyinishardi. Muzaffarxon huzuriga kirgan elchixona xodimlaridan birining ta’kidlashicha, «amir oddiygina kiyinishi bilan hayron qoldirdi. Amirning ustida yorqin yashil rangdagi eng oddiy to‘nlardan biri, boshida esa uncha katta bo‘lmagan oq salla». Boshqa bir zamondoshining yozishicha, «uning kiyimi odatda boshqa saroy a’yonlarining yorqin va yaltiroq kiyimlaridan oddiyligi bilan keskin farqlanib turgan».
Amirlar odat bo‘yicha zardo‘zi to‘n, ishton, etik va sallada – faqat masjidlarga, Ramazon va Qurbon hayiti bayramlarida qatnashishga, shuningdek xon shahri hisoblanmish Shahrisabzni birinchi bor ziyorat qilishga borishi belgilangan edi. Faqat fotosuratlarga tushish holatlari mazkur odatdan istisno bo'lgan.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida "O‘zbekiston Rossiya arxivlari to'plamlarida saqlanayotgan XIX asr va XX asr boshlariga oid tarixiy fotosuratlarda turkumidagi“ (37 jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.

