Fitsvilyam muzeyi kolleksiyasining salmoqli qismini hozirgi O‘zbekiston hududidan kelib chiqqan Markaziy Osiyo tangalari tashkil etadi. So‘nggi qirq yil davomida bir qancha xuddi shunday materiallardan iborat nihoyatda muhim xaridlar amalga oshirildi. Markaziy Osiyo hududida zarb qilingan va to‘plamda aks etgan eng dastlabki tangalar – bu soxta Afina turidagi gemidraxmalardir. Zarbxonaning aniq joyini, qayerda zarb qilinganligini qo‘shimcha ravishda aniqlash lozim bo‘ladi. Ushbu turdagi tangalar miloddan avvalgi IV asr oxirlarida Amudaryo vohasida tayyorlangan. Qimmatli tangalar guruhi Salavkiy, Baqtriya, Kushon, Sosoniy yoki Kushon-Sosoniy prototiplariga taqlid qilishi bilan qiziqarli. Antik davr oxiri va butun ilk o‘rta asrlar davomida So‘g‘d savdogarlari o‘z ona shaharlari (Samarqand va Buxoro) dan eng olis hududlarda faol savdo-sotiq olib borganlar. Islom kirib kelgandan keyin ham, ushbu qadimiy markazlarning zarbxonalari XX asrning boshlariga qadar faoliyat yuritgan, tangalar va ularning mazkur hudud hamda undan tashqaridagi muomala izlari shundan dalolat beradi.
Mavzu doirasida batafsil “Markaziy Osiyo merosi Kembrij universiteti to‘plamlarida” kitob-albomida tanishishingiz mumkin.