F. Madgazin va R. Matevosyan ijodida Orol va Amudaryo mavzusi alohida o‘rin egallaydi.
Bu rassomlarni bejiz «Amudaryo va keksaygan Orol kuychisi» deb atamaydilar. Ular bir turkum asarlarini daryo va dengizni turli holatlarda tasvirlashga bag‘ishlaganlar. Bu tong yoki kunbotarda, to‘lqinlanib turgan suvda sokin suzib borayotgan barjalar, baliqchilarning sohilda chayqalib turgan kichik qayiqlari suratlaridir («Barjadan yuklarni tushirish», “Amudaryoda”, «Amudaryo bo‘ylab» va boshqalar). Tanlangan mavzularning o‘ziga xosligi, avvalo, yashab turgan yurtga muhabbat, qoraqalpoq tabiatining o‘zlariga maʼqul kelgan maʼvolari taassurotlarini saqlab qolishga doimiy intilish bilan bog‘liq.
Bu musavvirlar asarlaridan iborat ajoyib muzey kolleksiyasi bizga qoraqalpoq tabiatining o‘tmishini bilish, istiqboli haqida o‘ylash va yana bir bor rassomlar mahorati hamda ularning o‘ziga xosligini baholash imkoniyatini beradi.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat sanʼati muzeyi to‘plami” kitob-albomida (IX jild) tanishishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.