Antiqa kosalar to'plami

Okayamadagi Yaqin Sharq shahar muzeyiga 1979 yil 6 aprelda asos solingan.

Uning asosini Okayama Gakuen maktabi boshqaruvchisi Yasuxara Sindzironing shaharga sovg‘a  qilgan san’at to‘plami tashkil etadi. Birinchi to‘plam Yaqin va O‘rta Sharqqa mansub 2000 ga yaqin san’at namunalaridan iborat edi. Hozirda esa ularning soni 4800 ga yaqin. Ayniqsa u yerda saqlanayotgan antiqa kosalar ko'zni qamashtiradi.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Markaziy Osiyo madaniy merosi Yaponiya muzeylarida” kitob-albomida (XX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.