O‘zbekiston musiqiy kolleksiyasi AQSHning turli muzey va kutubxona to‘plamlarida keng namoyish etiladi.
An’anaviy o‘zbek musiqasining ko‘plab yozuvlari AQSHdagi Smitson instituti (Smithsonian Institution)dagi Milliy muzeyda saqlanadi. Uning “Smitson folklor yozuvlari” notijorat bo‘linmasi (Smithsonian Folkways Recordings) uzoq yillardan beri O‘rta Osiyo xalqlarining eski va zamonaviy an’anaviy musiqalari namunalari jamlangan kassetalar va kompakt-disklarni chiqaradi.
O‘zbek musiqa asboblari to‘plami, audio va videoyozuvlari AQSHning Arizona shtatida joylashgan Finiks shahridagi yirik (etnomilliy madaniyatlarni qamrab olganlik bo‘yicha) Musiqa asboblari muzeyi (Musical Instrument Museum)da saqlanadi. AQSH Kongressining kutubxonasida noyob hujjatli suratlar va ma’lumotlar, o‘zbek musiqiy merosining ovozli yozuvlari mujassamlangan.
Bu haqda batafsil ma’lumotni “O‘zbekistonning madaniy merosi dunyo to‘plamlarida” turkumidan (VI jild, 51-bet) “O‘zbekiston musiqiy merosi Rossiya Federasiyasi to‘plamlarida” kitob-albomidan olishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.