«Arabe 5036» raqamli qo‘lyozma nеchta miniatyurani o‘z ichiga oladi?

«Suvar al-kavakib» asarining «Arabe 5036» raqamli qo‘lyozmasi ikkita tekislikda: Yerdan va samoviy gumbazdan ko‘rinuvchi yulduzlar turkumini aks ettirgan 74 ta miniatyurani o‘z ichiga oladi.

Ushbu tasvirlarning ba’zilari usluban qisman Xitoy san’at namunalaridan ilhomlanib chizilgan bo‘lishi mumkin. Xitoydan Amir Temur huzuriga kelgan elchilar va Ulug‘bekning 1420—1421 yillarda Pekinga jo‘natgan elchilari, shubhasiz, Xitoyning san’at asarlari va badiiy namunalariga nisbatan qiziqish uyg‘otganlar.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi «Movarounnahr bеzakli qo‘lyozmalari Fransiya to‘plamlarida» kitob-albomida (XXIX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.