«Autograph Art Gallerya» — 2016-yil 16-iyunda ochilgan bo'lib u yerda taniqli mualliflar va yosh rassomlar, haykaltaroshlar, dizaynerlarning asarlari taqdim etib boriladi…

Galereyadagi asarlar zamonaviy tasviriy san'at turlari va uslublarining xilma-xilligi ijro mahorati, muallif nigohining yangiligi va an'anaviy milliy hashamat bilan kishini hayratga soladi.

Mahalliy xalqning urf-odatlari va an'analarining butun go‘zalligini aks ettiruvchi miniatyuralar, milliy liboslar kiydirilgan chiroyli qo‘g‘irchoqlar, tabiiy toshlar bilan bezatilgan kumush taqinchoqlar, bejirim naqshlar tushirilgan yog‘ochdan yasalgan buyumlar - bular Autograph Art Galleryda taqdim etilgan san'at asarlarining hammasi emas.

Sayyohlikning rivojlanishi va jamoatchilikning O‘zbekistondagi an'anaviy san'at turlariga qiziqishi - Autograph Art Gallery ochilishining juda muhim, ammo yagona maqsadi emas.

Ajoyib eksponatlarning sotuvidan tashqari galereya yaratuvchilari boshqa, bugungi kundagi dolzarb vazifalar - mamlakatda hayriya tadbirlarini rivojlantirish va O‘zbekistondagi yosh iste'dolarni qo‘llab-quvvatlashni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yishdi.