Aygul To‘ktaziyeva: O‘zbekistonning madaniy merosi jahon sivilizatsiyasiga qo‘shilgan muhim hissa sifatida e’tirof etiladi

"Hurmatli, xonimlar va janoblar, aziz do‘stlar! “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasining shunday keng ko‘lamli tadbiriga taklif etilganim, ishtirok etish imkoniyati taqdim etilgani uchun chuqur minnatdorchilik bildirishga ijozat bergaysiz".

 

"Dunyoning eng yorqin go‘shalaridan biri bo‘lgan Samarqand shahrida “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Uyg‘onish davri poydevori” VII Kongressi bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekistonning boy va ko‘p qirrali madaniyati ming yillar davomida turli madaniyatlarning o‘zaro boyib borishi tufayli shakllangan. 

Bu yerda buyuk ijodkorlar yashab ijod qilgan, ularning mehnati samarasi turli to‘plamlarda jamlangan, yuqori malakali mutaxassislar boy madaniyatingizni targ‘ib etishda ulkan ishlarni amalga oshirmoqda. Yuqori malakali mutaxassislar boy madaniyatingizni targ‘ib etishda katta ishlarni amalga oshirdi. Bu ishlar tufayli o‘zbek madaniy merosi jahon sivilizatsiyasiga qo‘shilgan muhim hissa sifatida e’tirof etilmoqda.
Faol xalqaro muloqot, madaniy aloqalarni faollashtirish, ijodning moddiy va ma’naviy samarasini almashish nafaqat atrofimizdagi olam haqidagi dunyoqarash va g‘oyalarni kengaytiribgina qolmay, balki odamlarning dunyoqarashini u yoki bu darajada, ba’zan esa tubdan o‘zgartiradi.

Butunjahon jamiyati, o‘zbek merosini o‘rganish bo‘yicha kongressning faoliyati eng muhimi asl manba qanchalik kuchli ekani, davomi shunchalik qudratli bo‘lishi muhimligini tasdiqlaydi. Zero, ajdodlar merosining sehri, dunyoni, yeru osmon, daryo va tog‘lar ulug‘vorligini anglashi insoniyat tajribasini idrok etishdagi negativlikni muvozanatlashtiradi. 

Cheksiz izlanishlar va ajoyib kashfiyotlar vaqt va makon o‘rtasidagi farqlarni yo‘q qiladi. Madaniy sohani odamlar o‘rtasida yaxshi muloqot, o‘zaro tushunish, bag‘rikenglik, jamiyat ochiqligini ta’minlashning muhim imkoniyatlaridan biri deb biladigan davlatga hurmatim katta! Siz madaniyatga nafaqat madaniy mahsulotlar manbai, balki umuman hayot sifati, jamiyat salomatligi uchun zaruriy toifa sifatida qaraysiz.
Sizga samarali mehnat, farovonlik, yaxshi do‘stlar, ulkan shaxsiy baxt tilayman!"

Oygul To‘qtaziyeva —  G.Aytiyev nomidagi tasviriy san’at muzeyi direktori (Qirg‘iziston).