Ayollar liboslari tarkibiga nimalar kirgan?

Ayollar liboslari tarkibiga ko‘ylak, shalvar, ustki kiyim – mursak, to‘n, ko‘chaga kiyiladigan kiyim – paranji, bosh kiyimlari – turli ro‘mollar, mahsi va kavush, zargarlik bezaklari kirgan.

Taqdirini O‘zbekiston bilan bog‘lagan mashhur rassom A. Nikolayev XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi Toshkent liboslari majmuining betakror rasmini chizgan. Ijodkor rasmni etnograf M. Bikjanova uchun tayyorlagan edi. Ta’kidlash lozimki, A. Nikolayev Usto Mo‘min taxallusi bilan tanilgan. Odatda, begim kunlarida ayollar yoshiga qarab bitta ko‘ylak, lozim, to‘n yoki mursak kiyib, boshiga ro‘mol o‘ragan. Ko‘chaga chiqayotganida esa paranji yopingan. Bayramlarda qimmatbaho matolardan tikilgan liboslar kiyilgan.

Boshqa o‘zbek anʼanaviy liboslari haqidagi ma’lumotlarni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston muzeylari va xususiy Kolleksiyalari materiallari bo‘yicha an’anaviy o‘zbek liboslari” (XLVIII jild), (1-qism) kitob-albomidan olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.