Naprstek nomidagi muzeyda kulolchilik mahsulotlari to‘plami orasida eng qadimiy hisoblangan mahsulotlar XIX asr oxirlarida ishlab chiqarilgan.
Bular asosan 1970 yillarda muzeyga kelib tushgan sirli sopol idishlar hisoblanadi. Xo‘jalik va oshxona buyumlaridan tashqari kulolchilikda hushtak vazifasini o‘tovchi kichik shakllar ham yasalgan. Odatda hushtakchalarga biror qush yoki hayvon, masalan, ajdarchalar shakllari berilgan. Ular Xudodan yomg‘ir yog‘dirishni so‘rab o‘tkazilgan marosimlarda, Navro‘z kabi bayramlarda qo‘llanilgan. Hushtakchalarni yasash va sotish bilan asosan ayollar shug‘ullanishgan.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Chexiya Respublikasi to‘plamlari” kitob-albomida (XVI jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.