Azizaga Najafov: Хalqaro kongressi butun dunyoda saqlanayotgan turkiy mamlakatlarning madaniy merosiga oid yangi faktlarning tan olinishiga xizmat qilmoqda
"O‘tgan yili “O‘zbekiston madaniy merosi” Butunjahon jamiyati xalqaro kongressida ilk bor ishtirok etdim. Menda bu voqea juda ijobiy taassurot qoldirdi".
"Ishtirokchilar orasida eski tanishlarni uchratdim, qolaversa, yangi do‘stlar orttirdim, tajribalarimizni o‘rtoqlashdik.
Ozarbayjon va O‘zbekiston madaniyati o‘rtasida ko‘p qirrali bog‘liqlik mavjud. Ikki mamlakat shoirlari bir-birlarining ijodiga qiziqish bildirishgan. Va ular o‘zlarining o‘tmishdoshlarining badiiy merosini o‘zlashtirganlar. Shoir va mutafakkir Мir Alisher Navoiy o‘zini shoir, Sharq Uyg‘onish davrining atoqli namoyandasi Nizomiy Ganjaviyning muxlisi, deb bilgan. Buyuk shoir Muhammad Fuzuliy esa Alisher Navoiyning boy she’riy merosi vorisi edi.
Bizning fikrimizcha, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi shunday hajmdagi muloqot katta ahamiyatga ega. Bu butun dunyoda saqlanayotgan turkiy mamlakatlarning madaniy merosiga oid yangi faktlarning tan olinishiga xizmat qilmoqda.
Ulug‘ ozarbayjon shoiri Nizomiyning, shu jumladan O‘zbekistonning ham jahon milliy kutubxonalari va muzeylarida saqlanayotgan qo‘lyozma merosi meni juda qiziqtiradi.
O‘ylaymanki, joriy yilning 5-8 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “O‘zbekiston madaniy merosi” VII Xalqaro kongressi bu borada dunyo bo‘ylab hamkasblarimdan ko‘proq ma’lumot olishimga imkoniyat yaratadi".
Najafov Azizaga Bayram o‘g‘li
Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi Muhammad Fuzuliy nomidagi Qo‘lyozmalar instituti ilmiy kotibi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent