Badavlatlik darajasini belgilab bergan hukmdor suratlari

Hukmdor tabaqa vakillari fotosuratlari shunchaki xotira uchun emas, balki siyosiy ahamiyat kasb etgani sababli ustki kiyim va boy-badavlatlik ramziga aylangan, belga taqilgan qurol-aslahalar hukmdorlarning kuchini, mamlakatning gullab-yashnayotgani va mustahkamligini namoyon etishi kerak edi.

Ba’zi keyingi davrga oid fotosuratlarda chakmon kiyganlar  ham ko‘zga tashlanadi. Agar 1873 yilgi fotosuratlarda xon juda sipo kiyinib, ustidagi liboslar uning hukmdor ekanligini mutlaqo eslatmasa-da, keyingi  yillarda hukmdor va uning yaqinlari bellariga qurollar – pichoqlar, xanjarlar taqib, o‘ng yelkasi osha yoki qo‘lida qilich tutib, suratga tushish uchun fotoob’yektivga tikilib turdilar. 

Suratga tushayotganlarning martabalari haqida bellarga taqilgan qurollar guvohlik berardi. Bunday qimmatbaho toshlar bilan o‘ta nozik tarzda bezatilgan qurollarni turli darajadagi amaldorlar, qorovullar, jangchilar olib yurardi. Bunday qurollarni Xiva, Buxoro, Qo‘qon hukmdorlari qoshidagi ustaxonalarda yasashardi yoki tayyor holatda, qurol sanoati rivojlangan Erondan keltirishardi. Asta-sekin saroy a’yonlari orasida ijtimoiy holatlarga ko‘proq e’tibor bera boshladilar.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida "O‘zbekiston Rossiya arxivlari to'plamlarida saqlanayotgan XIX asr va XX asr boshlariga oid tarixiy fotosuratlarda turkumidagi“ (37 jild) tanishishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.

Badavlatlik darajasini belgilab bergan hukmdor suratlari
Badavlatlik darajasini belgilab bergan hukmdor suratlari