Bag'doddagi antiqa bozorda Usmoniylar davriga oid qimmatbaho buyumlar borligi aniqlandi!

Iroqning ushbu tarixiy bozorida Usmoniylar davriga oid oʻnlab antiqa buyumlar mavjud.

Bozorda Usmoniylar sultoni Abdulhamid II imzosi tushirilgan kumush piyola, choynak va boshqa antiqa buyumlar ko‘zga tashlanadi.

Iroq poytaxti Bag'doddagi antiqa bozorda Usmoniylar davriga oid qimmatbaho buyumlarni uchratish mumkin.



Usmoniylar imperiyasi uzoq yillar hukmronlik qilgan qadimiy Bag‘dodning Karrada hududidagi Bag‘dod antiqa bozorini shisha idishlar va kumushdan yasalgan qimmatbaho buyumlar, ayniqsa gilamlar bezab turibdi.

Iroqning ushbu tarixiy bozorida Usmoniylar davriga oid oʻnlab antiqa buyumlar mavjud. Bozorda Usmoniylar sultoni Abdulhamid II imzosi tushirilgan kumush piyola, choynak va boshqa antiqa buyumlar ko‘zga tashlanadi.

Bag‘doddagi antiqa sotuvchilar orasida Usmoniylar davriga oid antiqa buyumlar “Sultoniy” deb ataladi. Bu ta'rif Iroqda xizmat qilgan Usmoniy hukmdorlariga nisbatan qo'llaniladi.