Barrellning o‘zbek so‘zanalari ser Uilyam to‘plaminining bir qismi hisoblanadi.
Ushbu islom kolleksiyasi 468 predmetdan iborat bo‘lib, Yaqin Sharq gilamlari, Eron kulolchiligi va metall buyumlari, turk kulolchilik idishlari va to‘qimachiligi, Ispaniyaning mudexar usulidagi kulolchiligi Suriyaning Ayyubiylar davri predmetlari, Misrning Fotimiylar va Mamluklar davri buyumlari, Hindistonning Boburiylar davri predmetlarini o‘z ichiga olgan. Ushbu buyumlar X–XIX asrlarga taalluqli bo‘lib, ser Uilyam tomonidan umri davomida, XIX asrning so‘nggi o‘n yilliklaridan boshlab 1957 yil iyuniga qadar, kolleksioner vafotidan taxminan to‘qqiz oy oldingacha bo‘lgan davrda xarid qilingan. 1901 yilda chop etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ser Uilyam islom san’atiga doir predmetlarining ayrimlarini ommaviy ko‘rgazmalarda namoyish etish uchun taqdim etgan.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O'zbekiston madaniy merosi Buyuk Britaniya to'plamlarida" kitob-albomida (XLVI jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.