Do‘ppilardagi shakl, rang va naqsh bezaklari maʼlum bir hudud aholisi turmush tarzining o‘ziga xos xususiyatini aks ettiradi.
Do‘ppilar oltita asosiy guruhga bo‘linadi: Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo-Surxondaryo va Xorazm-Qoraqalpoq.
Xoch usulida tikilgan do‘ppilar, ayniqsa, Toshkentda mashhur edi. Undagi naqshning asosiy unsuri atirgul shoxchasi bo‘lib, ular quyuq pushti rang bilan chatishib ketadigan to‘z qizil ipak bilan tikilgan. Asosi esa ko‘pincha oq rangda bo‘lgan. Murakkab yaxlit naqshli, mayda choklar bilan tikilgan chakmatur Toshkent bayram do‘ppilari ham juda noyob. Bundan tashqari, Toshkent bir nechta turdagi baxmal do‘ppilarning vatani hisoblanadi.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” (ikkinchi qism) kitob-albomida (XXVII jild,) tanishishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.