B. Serekeyev – Qoraqalpog‘istonning eng sermahsul rassomlaridan biri.
Iqtidori bo‘yicha rassom 1960 yillarning oxiri va 1970-yillar sanʼati uchun xos bo‘lgan (xalq og‘zaki ijodi bilan qiziqish) bosqichlarini bosib o‘tdi. Muallifning ishlari juda rang-barang, biroq kolleksiyasi tomoshabinlarni avlodlarning uzluksiz bog‘liqligi sifatida qabul qilinadigan sanʼat ummoniga g‘arq qiladi. Uning ilk asarlarida kompozitsiyaviylik va rassomlik negizlari ustunlik qilgan, ular o‘ziga xos uslub – ranglar shaklining hajmdorligi va manzaraviyligi bilan ajralib turadi. Keyinroq esa uning uchun bajarish mahorati, uyg‘un va uslubiy ishlov, ranglarning boyligi asosiy o‘ringa chiqdi. B. Serekeyevning ijodi o‘z badiiy uslubini ishlab chiqishga intilish, mavzularni o‘ziga xos ochib berish istagi bilan tavsiflanadi. Ijodida mavzuli rasmlar asosiy o‘rin egallaydi. Rassomni qishloq va mehnat mavzulari ko‘proq qiziqtiradi, ularda qoraqalpoq xalqi, uning hayoti, urf-odatlari va xalq amaliy sanʼati ustalarining mahorati aks etadi.
Uning asarlari qahramonlari kundalik turmush yumush va tashvishlari bilan band odamlar hisoblanadi. Uning «Ko‘rpacha qaviyotgan ayol» (1976), «Kigiz ustalari» (1973), “Nevara” (1977), «Rassom oilasi» (1988), «Bobolar egari» (1989), «Bogen posyolkasi» (1989), «Ovulda bahor», «Ikki tuya» (1990), «Yosh chavandoz» (1991), «Bog‘da bahor» (1991), «Kanal bo‘yida oqshom» va boshqa asarlarida ko‘pincha maishiy va peyzaj janrlari bir-birini boyitib, to‘ldirib, o‘zaro uyg‘unlashib ketadi.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat sanʼati muzeyi to‘plami” kitob-albomida (IX jild) tanishishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.