Bejirim dasturxon, joynamoz gilamlari va sandalpo'sh Xirosima muzeyida...

Xirosima prefekturasi san’at muzeyi 1968 yilda tashkil etilgan. Muzeyni tashkil etishdan asosiy maqsad sotib olingan yoki hadya qilingan eksponatlar to‘plami yordamida doimiy ko‘rgazmalar uyushtirish orqali san’atning ta’sirini ommalashtirishdir. Ushbu muzeyda so‘zanadan tashqari, turli maqsadlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan kashtachilik buyumlarining boshqa namunalari ham bor. Misol uchun, mehrob tasviri tushirilgan joynamoz gilamlari, sandal ustini yopish uchun sandalpo‘sh, ovqatlanishda to‘shaladigan dasturxon shular jumlasidandir. 

Boshqa kashtalardagi naqshlarning ma’nosini ham bir qarashda anglash mumkin. Biroq shunday naqshlar ham borki, vaqt o‘tishi bilan o‘ziga xosligini yo‘qotgan va ularning ma’nosi unutilib ketgan. Xususan, shunday qabul qilinganki, palak (so‘zanani toshkentcha turi) lardagi katta doiralar, hatto ular bir nechta bo‘lsa ham Oyni yoki Oy nuri (oy-palak) ni, kichik doiralar esa yulduzlarni, yulduzlar yog‘dusi (yulduz-palak) ni anglatgan. Umuman olganda, palak Oy va yulduzlar porlab turgan tungi samoning ramziy tasvirini o‘zida ifodalagan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Markaziy Osiyo madaniy merosi Yaponiya muzeylarida” kitob-albomida (XX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.