Belbog‘ va sarandoz nimaligini bilasizmi?

DSMda shuningdek kichik shaklli kashtaning quyidagi turlari saqlanadi: oyna-xalta va shona-xalta (oyna va taroq uchun xaltachalar), qiyiqcha, miyonband, chorsu va belbog‘ (erkaklar belbog‘ining turlari), do‘ppi, sarpokkun, qoziqlungi va tanpokkun (uchlari kashta sochiqlar), bo‘g‘joma (kiyimlarni o‘raydigan qalin mato), sarandoz va ro‘moli-peshonaband (ayollarning bosh kiyimi), dastro‘mol, jiyaklar – kiyim qismlarini bezatish uchun ishlatiladigan tasma va hokazolar.

Kashtalar asosan tabiiy bo‘yoqda bo‘yalgan ipak iplar bilan tikilgan bo‘lib, mato asosi sifatida bo‘z, adras ishlatilgan. Kashtaning eng tarqalgan turlari – bosma va yurma.

Bu haqda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi to‘plami” (XIII jild) kitob-albomidan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.